1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tokio va Vashington iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirmoqchi

Tomonlar shu yo‘nalishda “2+2” formatda vazirlar uchrashuvini tashkil qilishi mumkin.

Tokio va Vashington iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirmoqchi

 

Yaponiya va AQSH iqtisodiy yo‘nalishlarda “2+2” formatidagi vazirlar uchrashuvini tashkil etishi mumkin. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

 

Hozirda Tokio va Vashington siyosiy va harbiy sohaga oid “2+2” formatli uchrashuv o‘tkazib keladi. Unda tashqi ishlar va mudofaa vazirlari ishtirok etadi.

 

Yangi format esa iqtisodiyot tarmoqlariga javob beruvchi vazirlar va tashqi siyosiy idora rahbarlari qatnashishi mumkin.

 

Bu uchrashuvlarda tomonlar yuqori texnologiyalar, xususan yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarish hamda iqlim o‘zgarishi masalasini muhokama qilmoqchi.

 

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri AQSH prezidenti bilan muzokara o‘tkazgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика