1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tokioda jazirama tufayli yuzlab odamlar kasalxonaga yotqizildi

Mahalliy hukumat aholini konditsionerlardan foydalanish va ko‘p miqdorda suv ichishga chaqirmoqda.

Tokioda jazirama tufayli yuzlab odamlar kasalxonaga yotqizildi

 

Bu haqda juma kuni NHK telekanali maʼlum qildi. 30 iyun kuni 226 nafar tokiolik jazirama quyoshda uzoq vaqt turishi sababli kasalxonaga yotqizildi, ulardan 14 nafarining ahvoli og‘ir.

 

Bundan tashqari, iyun oyida jami 1517 nafar Tokio aholisi issiq urishi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bu so‘nggi 10 yil ichida o‘sha oydagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bundan tashqari, juma kuni Tokioga qo‘shni Sayama prefekturasida joylashgan Kumagaya shahrida havo harorati Selsiy bo‘yicha 40 darajaga yetdi. Bunday yuqori harorat Yaponiyada joriy yilda uchinchi marta qayd etilmoqda.

 

Payshanba kuni Tokio iyun oyi uchun mutlaq harorat rekordini o‘rnatdi. Kun davomida termometr 36,4 darajaga ko‘tarilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика