"Tolibon" delegatsiyasi qochqinlar masalasini muhokama qilish uchun teztorada Turkiyaga keladi. Bu haqda Afg‘oniston qochqinlar masalalari vaziri o‘rinbosari Muhammad Arsalu Xorutiy maʼlum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, turk hukumati bilan o‘tgan so‘nggi muzokaralar bu tashrifga sabab bo‘lgan.
"Delegatsiyamiz qochqinlarni qaytarish, ular duch keladigan muammo va chaqiriqlar masalalarini batafsil muhokama qiladi", — degan Xorutiy.
Turkiyadagi afg‘on qochqinlari soni aniq emas. Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, ular 120 mingni tashkil etadi. Oxirgi yetti oyda Anqara 40 ming afg‘onistonlikni deportatsiya qilgan.
Avvalroq BMT toliblarni barcha terrorchi guruhlar bilan aloqalarni uzishga chaqirgandi.


