1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonlik muftiy: toliblar mahalliy imomlarni qiynamoqda

Toliblar afg‘on ulamolarini qiynoqqa solayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda afg‘onistonlik muftiy Abdulqodir (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) “lenta.ru” nashriga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

Afg‘onistonlik muftiy: toliblar mahalliy imomlarni qiynamoqda

 

 

Muftiyning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” jangarilari hatto Afg‘oniston ulamolari raisini ham qamoqqa olgan. U maʼlum muddatdan so‘ng qo‘yib yuborilgan. Shunday bo‘lsa-da, bunday holatlarning sodir bo‘lishi xavotirli.

 

“Toliblarning ulamolarga eng asosiy daʼvosi — biz ularni oldingi hukumat bilan kurashib, qo‘llab-quvvatlamadik. Endilikda ko‘plab imomlar qochib ketgan”, — deydi Abdulqodir.

 

Uning o‘zi ham yashirinib yurganini aytgan: hozirda muftiy va oilasi boshqa-boshqa viloyatda istiqomat qilmoqda.

 

Shuningdek, u Afg‘onistonda Islom dini bilan vaziyat yuzasidan xavotir bildirdi: toliblar hokimiyatni egallagach, turli ekstremistik guruhlar faollashdi.

 

“Bunday sharoitda din terrorchilar qo‘lida o‘yinchoqqa aylanadi. Undan urush va qotilikka bahona sifatida foydalanishadi”, — degan muftiy.

 

AQSH va G‘arb qo‘shinlari olib chiqilishi ortidan Afg‘onistonda “Tolibon” harakati faollashdi.15 avgust kuni ular Kobulni jangsiz egallab, markaziy hokimiyatni qo‘lga kiritdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Pokiston Afg‘onistondagi yangi hukumatga yordam berishga chaqirgandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика