
"Gilmend viloyati markazidagm Nad-ye Ali tumani yaqinida dushman harbiy vertolyoti harakat aʼzolari tomonidan urib tushirildi. Shuningdek tuman markazi va politsiya rahbari qo‘lga olindi", - deb yozdi harakat vakili Zaibulla Mujoxed o‘zining Twitter sahifasida.
Shuningdek, toliblar hujum vaqtida ko‘plab afg‘onlar halok bo‘lgani, qurollar qo‘lga olinganini xabar qilgan.
Ammo, OAV xabariga ko‘ra, Gilmendda vertolyot avariya holatida qo‘ngan.
Pajvak mahalliy agentligining Afg‘oniston arimiyasiga tayanib bergan xabariga ko‘ra, vertolyot “Tolibonga” qarshi operatsiya vaqtida texnik sabablarga ko‘ra qattiq qo‘nishni amalga oshirgan.
Armiya xabariga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan. Bortda bo‘lganlar evakuatsiya qilingan, vertolyot esa yo‘q qilingan.
Sharofat Mahmudova


