1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tolibon afg‘onistonliklarning xorijdagi janglarda qatnashishini taqiqladi

Qaror Pokiston bilan munosabatlar yomonlashgan fonida qabul qilindi.

Tolibon afg‘onistonliklarning xorijdagi janglarda qatnashishini taqiqladi

 

Tolibon afg‘onistonliklarning mamlakat tashqarisidagi harbiy mojarolarda qatnashishini rasman taqiqladi. Al Arabiya xabariga ko'ra, ushbu qaror Afg‘oniston Islom Amirligi Bosh vaziri va bosh sudyasi raisligida o‘tkazilgan, qariyb 1000 nafar islom ulamolari ishtirok etgan yirik kongressda qabul qilindi.

 

Kobul universitetida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mamlakat diniy idoralari tomonidan bir nechta asosiy bandlardan iborat diniy farmon qabul qilindi. Unga ko‘ra:

  • Afg‘oniston fuqarolarining chet elga chiqib, harbiy operatsiyalarda ishtirok etishi qat’iyan taqiqlanadi;
  • Tolibon hukumati bunday urinishlarni oldini olish, shuningdek, qoidabuzarlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash huquqiga ega;
  • Afg‘oniston hududidan boshqa davlatlarga qarshi harbiy maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi, mazkur talab mamlakat hududida bo‘lgan xorijiy fuqarolarga ham tatbiq etiladi.

 

Assambleya qaroriga muvofiq, davlat chegaralaridan tashqarida harbiy harakatlarda qatnashayotgan har qanday afg‘onistonlik shaxs mamlakatga qarshi isyonchi sifatida baholanadi va unga nisbatan tegishli sanksiyalar qo‘llanadi.

 

Deklaratsiyada mazkur tamoyillarga rioya etilishini ta’minlash Afg‘oniston hukumatining bevosita majburiyati ekani alohida qayd etildi. Ulamolar rasmiylarni mamlakatning mintaqaviy mojarolarga aralashuvining oldini olishga hamda qonunbuzarliklarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rishga chaqirdilar.

 

Tolo News xabariga ko‘ra, kongress ishtirokchilari o‘z huquqlari, qadriyatlari va Islom tizimini himoya qilish majburiy ekanini, biroq bu xorijdagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etishni anglatmasligini ta’kidlashgan.

 

Mazkur qaror Pokiston bilan munosabatlar keskinlashgan bir sharoitda qabul qilindi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика