1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tolibon AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etgan kunni dam olish kuni deb eʼlon qildi

Avvalroq Tolibon 15-avgustni dam olish kuni – hokimiyat tepasiga kelgan kun deb eʼlon qilgan edi.

Tolibon AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etgan kunni dam olish kuni deb eʼlon qildi

 

Tolibon  NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilgan kunni dam olish kuni deb eʼlon qildi, tegishli hujjat «RIA Novosti» tahririyatiga kelib tushgan. Hujjatga ko‘ra, avgust oyining oxirgi kunida butun mamlakat bo‘ylab maxsus tadbirlar o‘tkaziladi. 

 

Maʼlumot uchun, avvalroq Tolibon 15-avgustni dam olish kuni – hokimiyat tepasiga kelgan kun deb eʼlon qilgan edi. O‘tgan yilning avgust oyi boshida, AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilgandan so‘ng, “Tolibon” jangarilari hukumat kuchlari pozitsiyalariga hujum uyushtirdilar va 15 avgust kuni Kobulga kirdilar.  31-avgustga o‘tar kechasi AQSH Afg‘onistondan barcha harbiylarini olib chiqib ketganini eʼlon qildi va bu mamlakatdagi missiyasini rasman yakunladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика