1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Tolibon" ayollarni universitetlardan ham quvmoqchi

O‘tgan yilning sentabridan afg‘on qizlarining maktablarga borishi ham taqiqlangandi.

"Tolibon" ayollarni universitetlardan ham quvmoqchi

 

"Tolibon" harakati Afg‘oniston universitetlaridan qizlar uchun darslarni to‘xtatishni talab qildi. Bu haqda Assosiated Press xabar berdi. 

 

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, xotin-qizlarning universitetda o‘qishini taqiqlash to‘g‘risidagi qaror hukumat yig‘ilishida qabul qilingan. Afg‘oniston oliy taʼlim vaziri Ziyoulla Xashmiyning bayonotida ushbu taqiq davlat va xususiy OTMlar tomonidan imkon qadar tezroq joriy etilishi lozimligi qayd etilgan.

 

AQSH davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays toliblarning ushbu qarorini tanqid qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga qarshi choralar ko‘riladi va harakatni aniq “zarar” kutmoqda.

 

"Tolibon" 2021 yil avgustda hokimiyatga qaytganidan so‘ng universitetlarda erkaklar va ayollarning alohida o‘qitish tizimini joriy etdi. O‘tgan yilning sentyabrida esa afg‘on qizlarining maktabga borishi taqiqlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика