Unda Kobuldan evakuatsiya qilinayotganlar masalasida tomonlar harakatlarini muvofiqlashtirish muhokama qilingan. 20 yil davomida АQSh va NАTO qoʼshinlari bilan hamkorlik qilgan afgʼonlarni olib chiqib ketish muhimligi taʼkidlandi. “Katta yettilik”ning АQShdan boshqa aʼzolari va YeI rahbarlari Jo Baydenni 31 avgustdan keyin ham evakuatsiyani davom ettirishga chaqirgan. Bayden oʼz navbatida Vashington harbiy missiyasi muddatini uzaytirishi ehtimoli borligini maʼlum qilgan.
Jangarilar tomonidan xalqaro majburiyatlarning bajarilishi “Tolibon” hokimiyati tan olinishining asosiy sharti ekanligi aytilgan. Davlat rahbarlari 31 avgustga qadar Kobuldan evakuatsiya xavfsizligini taʼminlash toliblarning asosiy majburiyati ekanligini qayd qilgan. “Ettilik” harakatni 31 avgustdan keyin ham mamlakatni tark etishni istaganlarga toʼsqinlik qilmaslikka chaqirdi. Shu bilan birga “Tolibon” bilan aloqalarning “yoʼl xarita”si ishlab chiqilgan.
NАTO bosh kotibi Yens Stoltenberg sammitda terrorizmga qarshi kurash masalasi markaziy mavzu boʼlganini maʼlum qildi. Siyosatchining aytishicha, terrorchi guruhlar Аfgʼonistonda erkin harakat qilishiga yoʼl qoʼymaslik kerak.
Eslatib oʼtamiz, bundan avval Аfgʼoniston sobiq vitse-prezidenti Аmrulla Solih “Tolibon” diktaturasiga qarshi ekanini maʼlum qilgan edi.
“Tolibon” bilan aloqalarning “yoʼl xarita”si ishlab chiqildi
24 avgust kuni “Katta yettilik” (G7) davlatlarining Аfgʼonistondagi vaziyatga bagʼishlangan onlayn sammiti boʼlib oʼtdi


