“Tolibon” delegatsiyasi Ashxobodga jo‘nab ketdi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.
Muzokaralar markazida savdo, energetika va TAPI (Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston) gaz quvuri qurilishi masalalari turibdi. Delegatsiyaga Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri v.b. Amirxon Mutaqqiy boshchilik qilmoqda.
Nashrning Afg‘oniston TIVdagi manbasining maʼlum qilishicha, tashrif Turkmaniston taklifi bilan amalga oshirilgan. Ashxobod noyabr oyida toliblarni o‘z hududiga muzokaralarga taklif qilgandi.
Avvalroq Turkmanistonning Afg‘onistondagi iqtisodiy loyihalari haqida maʼlumot berilgandi.
Jahongir Qo'ziyev


