Bu haqda “Regnum” xabar berdi.
Toliblar hukumatidagi oliy taʼlim vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul Boqi Haqqoniy Eron elchisi bilan uchrashuvda yaqin kunlarda Eronga rasmiy tashrif bilan borishini maʼlum qildi.
Haqqoniy boshchiligidagi delegatsiya shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qiladi. Shu bilan birga Erondagi afg‘on qochqinlariga maxsus stipendiyalar berish masalasi ko‘tarilishi maʼlum qilindi.
Haqqoniy Tehronning Afg‘oniston bilan oliy taʼlim sohasidagi hamkorligini yuqori baholadi. O‘z navbatida Eron elchisi Bahodir Aminyan Tehron oliy taʼlim sohasida tajriba almashishga tayyorligini maʼlum qilgan.
Avvalroq Afg‘oniston shimolidagi Mozori Sharif shahrida portlash sodir bo‘lgani hamda Xitoy va Afg‘oniston o‘rtasida savdo aloqalari tiklangani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


