Tolibon hukumatining Moliya vazirligi Erondan 350 ming tonna neft sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
Muzokaralarda Davlat neft-gaz kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo vazirligi, Markaziy bank a’zolari ishtirok etgan.
Yaqin kunlarda neftni Afg‘onistonga olib kirish jarayoni boshlanadi.
Bundan tashqari, ushbu safar davomida Tolibon delegasiyasi Eron rasmiylari bilan hukumatlararo shartnomalar bo‘yicha qo‘shma qo‘mita tuzish, neft quvurlari qurilishini davom ettirish, qo‘shma neftni qayta ishlash zavodlari qurish va uzoq muddatli shartnomalarni amalga oshirishga kelishib olgan.


