Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, buni Afg‘oniston vitse-prezidenti, o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb eʼlon qilgan Amrulla Solih aytgan. «Bizdagi barcha maʼlumotlar Xuroson viloyatidagi ISHID tashkilotining — «Tolibon» harakati bilan aloqasi borligidan va xususan Kobulda faoliyat yuritayotganidan dalolat beradi», — deb yozgan u Twitter tarmog‘idagi sahifasida.
Kobul aeroporti yaqinida 26 avgust kuni ikkita portlash sodir bo`lgan Uning oqibatida 100 nafardan ortiq odam halok bo‘lgan. Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, voqea uchun javobgarlikni ISHID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Afg‘onistondagi vaziyat 15 avgustda, «Tolibon» harakati Kobulni egallab, mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritganini eʼlon qilgach, keskinlashgan. Shundan so‘ng, prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etgan va Amrulla Solih o‘zini vaqtinchalik davlat rahbari deb eʼlon qilgan. Bundan tashqari, u «Tolibon» harakati hukmronligini tan olmagan.
Avvalroq Kobulda sodir bo‘lgan terakt tafsilotlari haqida xabar berilgandi.


