1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Tolibon” hokimiyatini eng avvalo Afg‘oniston qo‘shnilari tan olishi kerak — Ilhom Aliyev

Ilhom Aliyev “Tolibon” tan olinishi haqida gapirdi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti La Repubblica nashriga bergan intervyusida fikr bildirgan.

“Tolibon” hokimiyatini eng avvalo Afg‘oniston qo‘shnilari tan olishi kerak — Ilhom Aliyev

 

 

“Kobul tomonidan ijobiy qadamlar bo‘lgan taqdirda Ozarbayjon shunga mos qadam tashlaydi. Bu masalada bizning asosiy tamoyilimiz – mustaqillik va pragmatizm.

Shu bilan bir qatorda toliblar hukumatini eng avvalo Afg‘oniston qo‘shnilari tan olishi kerak”, – degan Aliyev.

 

Shuningdek, Ozarbayjon rahbari Afg‘onistonda o‘z askarlari ishtirokiga to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra, Ozarbayjon askarlari eng oxirgilardan bo‘lib Kobul aeroportini tark etgan. “Biz o‘z vazifamizni so‘nggi kungacha maksimal darajada samarali bajardik”, – deb qo‘shimcha qilgan Aliyev.

 

Bundan avval Kanada afg‘on qochqinlarining katta qismini qabul qilishi maʼlum bo‘lgandi. Shuningdek, Erdo‘g‘an “Tolibon” hukumati muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика