1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tolibon hukumatga kelgandan beri birinchi namoyishkorona qatl

Bu mamlakat qattiqqo‘l siyosatini davom ettirishini bildiradi

Tolibon hukumatga kelgandan beri birinchi namoyishkorona qatl

 

Afg‘onistonda Tolibon Hukumatga kelganidan beri birinchi marta mahbus ommaviy qatl etildi. U qotillikda ayblangan. 

 

Bu haqda hukumat matbuot kotibi Zaxibullo Mujohid e’lon qildi. Bu namoyishkorona jazo Afg‘oniston qattiqqo‘l siyosatini davom ettirishini anglatadi. 

 

O‘lim jazosini Afg‘onistonning 3 oliy sudyasi va toliblarning oliy yetakchisi ma’qullagan.

 

Qatl etilgan erkak 5 yil oldin bir odamni o‘ldirib, uning mototsikl va mobil telefonini o‘g‘irlaganlikda ayblangan.

 

BMT mamlakatga bunday namoyishkorona o‘lim jazosi qaytganidan xavotirda ekanini bildirdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика