1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tolibon nafaqat afg‘onlar, balki butun mintaqa uchun muammo — Muhammad Zohir Akbar

Buni o‘n minglab afg‘onlarning mamlakatdan qochishga urinayotgani ham tasdiqlaydi.

Tolibon nafaqat afg‘onlar, balki butun mintaqa uchun muammo — Muhammad Zohir Akbar

 

Afg‘onistonning Dushanbedagi elchisi Muhammad Zohir Akbarning so‘zlariga ko‘ra, 3  oy ichida “Tolibon” mamlakatni boshqarishga qodir emasligini isbotladi.

 

Qayd etilishicha, elchi bu faqat afg‘onlar uchun havfli deb ishonish xato bo‘lishini ham aytib o‘tgan. Sababi, “Tolibon” butun mintaqaga tahdid solmoqda. Afg‘onistonga chegaradosh qo‘shni davlatlarga bu  xavf begona emas. 

 

Shuningdek,  “Tolibon” xalq bilan muzokara olib borishi kerakligi, aks holda Panjsherdan keyin har qanday viloyat olov ichida, xavf-xatar iskanjasida qolishi mumkin.

 

Maʼlumot uchun: Panjsher Afg‘onistonning “Tolibon” tomonidan egallanmagan so‘nggi viloyati edi. Ammo 6 sentyabr kuni bu hudud ham  harakat nazoratiga o‘tgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Tojikiston tashqi ishlar vaziri Panjsherga zudlik bilan yordam berish kerakligi va “Tolibon” BMTda doimiy vakilini tayinlagani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика