
Toliblardan iborat yangi hukumat giyohvand moddalar kontrabandasiga butunlay barham berish niyatida. Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, bunday moddalarni yetishtirish Afg‘oniston uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Shuningdek, rasmiy vakil: “Fermerlarga qoradoridan boshqa ekinlar o‘stirishga imkon berish kerak. Kontrabanda yo‘llarini yo‘q qilishda ko‘plab davlatlar, jumladan, Rossiya yordam berishi mumkin”, — degan.
Shuningdek, у Afg‘onistondagi barqarorlik butun mintaqa manfaatlariga mos kelishini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, Afg‘oniston ichki ishlariga aralashmaslik, qurol kontrabandasini tugatish va mamlakatdan olib chiqib ketilgan boyliklarni ortga qaytarish muhimligini ta’kidlagan.
Afg‘oniston jahonning eng yirik giyohvand modda yetishtiruvchi davlatlaridan biri. Bu yerda opiy kukunining 90 foizi ishlab chiqariladi. Ushbu moddalarning yillik aylanmasi bir necha milliard dollarni tashkil etadi.
Bundan avval Hindistonda Afg‘onistondan keltirilgan 3 tonnaga yaqin geroin topilgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev


