Mujohid harakat ayollar ta’limiga qarshi emasligini ta’kidladi. Ammo buning uchun xavfsiz muhitni yaratish lozim. Shuningdek, transport masalasini ta’minlash zarur. "Biz qizlar uchun maktab ta’limiga qarshi emasmiz, ammo hozirda maktabga qatnash uchun xavfsizlik mexanizmini ishlab chiqyapmiz. Xavfsiz muhit va xavfsiz transportni yo‘lga qo‘yish kerak. Sobiq hukumat ayollarni bular bilan ta’minlamagan. E’tibor bering, ayollar universitetlarda ta’limni davom ettirmoqda. U yerda transport xavfsizroq", – degan Mujohid.
Shuningdek, harakat rasmiy vakili ayollarning ta’lim olishi va mehnat qilishi uchun xavfsizlik mexanizmini ishlab chiqadigan maxsus qo‘mita tuziladi.
Ma’lumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan. 31 avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat tomonidan egallanmagan yagona viloyat Panjsher viloyati edi. Ammo 6 sentyabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi. Shundan keyin 7 sentyabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilagani e’lon qilind.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yuzlab afg‘on elchilarining taqdiri noma’lum bo‘lib qolayotgani xabar qilingandi.


