Vazirlik buyrug‘iga ko‘ra, "qizlar o‘rta va o‘rta maxsus maktablari keyingi ogohlantirishgacha yopiq qoladi". Shuningdek, yangi o‘quv yili boshlanishi bilan faqat 6-sinfgacha bo‘lgan qizlar maktabga borishi mumkin bo‘ladi.
Qayd etilishicha, bunday qaror qabul qilinishiga maktab formasi bilan musulmon qonun-qoidalari va urf-odatlari — shariat normalari o‘rtasidagi nomuvofiqlik sabab bo‘lgan. Boshqarmaning taʼkidlashicha, 7-sinfdan 12-sinfgacha bo‘lgan qizlarning formasi shariat, milliy anʼana va madaniyat asosida ishlab chiqilsa, toliblar ular uchun maktablarni qayta ochishini taʼkidlagan.
Joriy yil fevral oyi oxirida mamlakat taʼlim vazirligi Afg‘onistonda o‘g‘il bolalar va qizlar uchun o‘quv yili mamlakat hijriy taqvimi bo‘yicha yangi yilning birinchi kunida, yaʼni 21 martdan keyin boshlanishini eʼlon qilgandi.
Shundan so‘ng kafedra vakili darslarda qizlarga ayollar, o‘g‘il bolalarga esa erkaklar dars berishini taʼkidladi. Qizlar sinflarida ayol o‘qituvchi yo‘qligi sababli darslarni tajribali, yoshi kattaroq erkak o‘qituvchilar o‘tkazishi kerak edi. Ammo unday bo‘lmadi. Afg‘onistonlik o‘quvchi-qizlar kecha maktabning ochilganidan quvongandi. Bugun esa ularning orzulari sarobga aylandi.


