1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Tolibon” yetakchilaridan biri TAPI loyihasi uchun har qanday qurbon berishga tayyorligini maʼlum qildi

Bu loyiha Afg‘onistonga yiliga 500 million dollar sof foyda olib kelishi mumkin.

“Tolibon” yetakchilaridan biri TAPI loyihasi uchun har qanday qurbon berishga tayyorligini maʼlum qildi

 

“Tolibon” TAPI gaz quvuri qurilishiga ko‘maklashishga vaʼda berdi. Bu haqda The Express Tribune xabar berdi.

 

“Tolibon”ning yirik rahbarlaridan biri, Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi mulla Muhammad Yoqub TAPIni qo‘llab-quvvatlashini maʼlum  qildi.

 

“Men TAPI milliy loyihasi xavfsizligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob beraman. Uning amalga oshirilishi uchun biz har qanday qurbonlar berishga tayyormiz”, – degan mulla Yoqub.

 

TAPI – Turkmanistonni gazini Afg‘oniston orqali  Pokiston va Hindistonga yetkazib beradigan yirik gaz quvuri. Ushbu loyihani amalga oshirish 2015 yildan boshlangan. Uning umumiy qiymati 10 milliard dollarni tashkil etadi. Gaz quvuri umumiy uzunligi 1814 kilometr. Maʼlumotlarga ko‘ra, afg‘oniston bu loyiha amalga oshsa, yiliga 500 million dollar foyda oladi.

 

Avvalroq Turkmaniston prezidenti TAPI loyihasini amalga oshirilishi Afg‘onistonga katta foyda keltirishini maʼlum qilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘lchilari transafg‘on temiryo‘li qurilishi ustida birgalikda ish boshlagani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика