1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

To‘qayev Grenlandiyani 120 yilga ijaraga olishni taklif qildi

Taklifga ko‘ra, bunday kelishuv Daniya suverenitetini saqlagan holda strategik manfaatlarga xizmat qilishi mumkin.

To‘qayev Grenlandiyani 120 yilga ijaraga olishni taklif qildi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev AQSH va Daniya o‘rtasida Grenlandiya bo‘yicha uzoq muddatli ijara mexanizmini ko‘rib chiqish mumkinligini bildirdi. Bu haqda u Pokistonning The News International nashriga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

 

Prezidentning taʼkidlashicha, xalqaro amaliyotda ayrim hududlar yoki strategik infratuzilmalar bo‘yicha davlatlar o‘rtasida uzoq muddatli ijara kelishuvlari tuzilishi odatiy hol hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, u AQSH va Daniya Grenlandiya bo‘yicha 120 yillik ijara shartnomasini ko‘rib chiqishi mumkinligini ehtimoliy variant sifatida qayd etdi.

 

Taklif etilishi mumkin bo‘lgan mexanizmga ko‘ra, Grenlandiya huquqiy jihatdan Daniya tarkibida qoladi va bu mamlakat suverenitetiga putur yetkazmaydi. Shu bilan birga, amaliy kelishuvlar ikki tomonning umumiy strategik manfaatlariga xizmat qilishi mumkin.

 

Toqayev har qanday bunday qaror faqat xalqaro huquq normalari asosida, xususan davlat suvereniteti va BMT Nizomi tamoyillariga qatʼiy rioya qilingan holda ko‘rib chiqilishi kerakligini taʼkidladi.

 

Maʼlumki, Grenlandiya hozirda Daniya tarkibidagi avtonom hudud hisoblanadi. Orol Arktika mintaqasidagi strategik joylashuvi sabab geosiyosiy jihatdan muhim hudud sanaladi. AQSH ilgari ham Grenlandiyaga nisbatan qiziqish bildirgan va orolning strategik ahamiyati global siyosatda muntazam muhokama qilinib kelinadi.

 

Ekspertlar fikricha, bunday tashabbuslar global xavfsizlik, Arktika mintaqasidagi resurslar va strategik muvozanat masalalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика