Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning Saudiya Arabistoni Podshohligiga amaliy tashrifi Islom dinida ikkinchi muqaddas joy hisoblangan Madina shahridagi Muhammad payg‘ambar masjidini ziyorat qilishdan boshlandi, deb xabar berdi Oq O'rda matbuot xizmati.
Davlat rahbari Muhammad payg‘ambarning qabrini ziyorat qilib, duo qildi. Qozog‘iston Prezidentining tashrifi munosabati bilan Payg‘ambar dafn etilgan muqaddas dargoh eshigi alohida hurmat sifatida ochildi.
Bugun Jidda shahrida “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammit bo‘lib o‘tadi.


