Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To'qayev “Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, deb xabar berdi Akorda matbuot xizmati.
Qozogʻiston va Oʻzbekiston davlat chegarasining uzunligi 2 356 ming km. Chegara chizig‘iga 1 301 ta chegara belgilari o‘rnatildi.
Chegarani belgilash davlat va mahalliy hokimiyat organlari, chegaradosh hududlar aholisi manfaatlarini hisobga olgan holda, shuningdek, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirildi.
2022-yil 22-dekabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazildi, natijada Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan edi.


