Qozog‘iston yadro xavfsizligi prinsipini qatʼiy himoya qiladi. Bu haqda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev maʼlum qildi.
“Bugun xalqaro yadro sinovlariga qarshi kurash kuni. U insoniyat uchun katta ahamiyatga ega. Atom portlashlari qozoq zaminiga ulkan zarar yetkazgan. Bu fojia qaytarilmasligi kerak. Mamlakatimiz yadro xavfsizligi tamoyillarida qatʼiy qoladi”, – deb yozgan u o‘z Twitter sahifasida.
29 avgust kuni xalqaro yadro sinovlariga qarshi kurash kuni nishonlanadi. Bu 2009 yil 2 dekabrda Qozog‘iston tashabbusi bilan BMT Bosh assambleyasi tomonidan taʼsis etilgan. Bu sana 1991 yil 29 avgust kuni Semipalatinsk yadro poligoni yopilishi bilan bog‘liq. Ushbu poligon dunyodagi eng yirik obyektlardan biri edi.
Avvalroq Antoniu Gutterish yadro tahdidi eng yuqori bosqichga chiqqanini aytgandi.


