1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"To‘qlikka sho‘xlik" — Yangi yil uchun bezatilgan chiroqlar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi

Qo‘rg‘ontepa tuman hokimligi matbuot xizmati bu bo‘yicha munosabat bildirdi.

"To‘qlikka sho‘xlik" — Yangi yil uchun bezatilgan chiroqlar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi

 

Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani hokimligi yangi yil bayrami munosabati bilan hokimiyat binosini chiroqlar bilan bezatgani jamoat faollari tomonidan koʻplab tanqidlarga sabab boʻlmoqda.



“Dasturimizni Andijon viloyati yangiliklari bilan davom ettiramiz. Bu yangilik, emojilarga qaraganda, odamlarga yoqyapti. Maʼlumot uchun, Toshkentdagi prezident trassasiga ilingan shunday bezakli chiroqlar energiya inqirozi boshlanganidan beri oʻchiq”, — deb yozadi Muhrim Aʼzamxoʻjayev oʻzining shaxsiy Telegram kanalida.

 

Jumladan, “SAFAR” Telegram kanalining muallifi ushbu holatga oʻz fikrini bildirgan:

 

“Koʻp ehtimol tumanning aksariyat xonadonlarida ayni vaqtda svet yoʻq. Hokimlik esa qimmatbaho va koʻp energiya “yeydigan” chiroqlar bilan bezatilmoqda. Qoyil qolmay iloji yoʻq bu “kallali rahbarlar”ga. Insof bersin sizlarga”, — deya yozadi u.

 

Shuningdek, ”Qitmir muxbir“ Telegram kanalining asoschisi ham mazkur xabarlar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirgan:

 

”Chekka-chekka hududlardagi aholi elektr tokisiz oʻtirgan paytda hokimlik binosida elektr toki borligini, toʻgʻrirogʻi koʻpligini koʻz-koʻz qilyaptimi shunda?", — deb yozgan u oʻz kanalida.

 

Qoʻrgʻontepa tuman hokimligi matbuot xizmati mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, ushbu dekorativ chiroqlar yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan aholining bayramona kayfiyatda boʻlishini maqsad qilgan holda oʻrnatilgan.

 

“Hokimlik binosidagi chiroqlarni oʻrnatish oldidan mutaxassislar energiya tejamkorligi masalasiga eʼtibor qaratgan. Elektr sarfi jihatidan mazkur dekoratsiya 250 vatt quvvat sarflaydi va bu oddiy xonadondagi bitta chiroqning sarfidan kamroq. Shu taqdirda ham bu chiroqlar soat 18:00 dan — 21:00 gacha yonib turishi rejalashtirilgan boʻlib, aholining oilaviy sayr vaqtiga moʻljallangan. Boshqa vaqtlarda dekorativ chiroqlarni yoqish rejalashtirilmagan”, — deyiladi hokimlik munosabatida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика