1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Toronto aeroportida oltin to‘la konteyner o‘g‘irlab ketildi

Hozirda politsiya holat bo‘yicha surishtiruv boshlagan.

Toronto aeroportida oltin to‘la konteyner o‘g‘irlab ketildi

 

Toronto aeroportida nomaʼlum shaxslar qiymati 20 million kanada dollari bo‘lgan oltin va boshqa buyumlar solingan konteynerni o‘g‘irlab ketishdi.

 

Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, konteynerlar dushanba kuni kechqurun aeroportga olib kelingan va saqlash joyiga jo‘natilgan. O‘g‘rilar uchinchi shaxs tomonidan ijaraga olingan omborning ochiq qismiga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

 

Avvalroq Fransiyaning Renn shahrida pensiya islohotiga qarshi namoyishlar chog‘ida butikdan 25 ming yevrolik oltin quyma va tangalar o‘g‘irlangandi. Shahar prokuraturasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, ikki nafar bosqinchi bo‘lgan. Ular jinoyat joyidan qochishga muvaffaq bo‘lishdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика