To‘rt kunlik ish haftasi odamlarni baxtliroq, biznesni esa yana-da muvaffaqiyatli qilishi aniqlandi. bu haqda Kembridj universiteti olimlari tadqiqotida so‘z boradi.
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, 4 kunlik ish grafigi natijasida xodimlar 65 foiz kamroq davolanishga chiqadi, ishdan bo‘shatishlar esa 57 foizga kamaygan.
Bundan tashqari, ishchilar 39 foiz kamroq stressga uchraydi. Xodimlar samaradorligi oshadi va kompaniya daromadlari 1.4 foizga ko‘payadi.
Tadqiqotda ishtirok etgan odamlar 4 kunlik ish haftasida vaqtini oilasi bilan ko‘proq o‘tkazgani va dam olish hamda turli maishiy muammolarni hal qilishga ham ko‘proq vaqt topgani aniqlagan. Shuningdek, ayrimlar bo‘sh vaqtida malakasini oshirgan, bu esa ularning faoliyatiga ijobiy taʼsir o‘tkazgan.