1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

To‘rtko‘lda MIB orqali 71 mln elektr qarzdorligi undirildi

O‘g‘rincha yetkazilgan zarar fuqaro tomonidan vaqtida to‘lanmay, xorijga chiqishiga cheklov qo‘yilganidan so‘nggina undirilgan.

To‘rtko‘lda MIB orqali 71 mln elektr qarzdorligi undirildi

Fuqaro Sh.M. yashash uyida yashirin yo‘llar bilan elektr hisoblagichdan alohida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib foydalanib kelganligi oqibatida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga jami 71,1 mln so‘m zarar yetkazgan.

 

Yetkazilgan zararni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJEnergosavdo” Qoraqalpog‘iston filiali To‘rtko‘l tuman bo‘limiga undirish to‘g‘risida Jinoyat ishlari bo‘yicha To‘rtko‘l tuman sudi tomonidan 19.12.2025-yilda hukm chiqarilgan. Ushbu hukmga asosan chiqarilgan ijro varaqa Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

 

Xususan, qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan tashqari chiqish huquqiga nisbatan 04.02.2026 yili cheklov o‘rnatilgan.

 

Shuning natijasida, qarzdor tomonidan yetkazilgan 71,1 mln. so‘m jinoiy zarar shu kunning o‘zida to‘lab berilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика