1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

To‘rtko‘lda MIB orqali 96 mln elektr qarzdorligi undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ustaxonalardan biri elektr tokidan o‘g‘rincha foydalanishi oqibatida 96 mln zarar yetkazgan.

To‘rtko‘lda MIB orqali 96 mln elektr qarzdorligi undirildi

Fuqaro E.D. ustaxona ishlarini bajarish uchun elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib foydalanganligi oqibatida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga jami 96 mln so‘m zarar yetkazgan.

 

Yetkazilgan zararni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” Qoraqalpog‘iston filiali foydasiga undirish to‘g‘risida Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jayli tuman sudi tomonidan hukm chiqarilgan.

 

Ushbu hukmga asosan chiqarilgan ijro varaqa Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

 

Xususan, qarzdorning nomida “COBALT” rusumli avtomashina borligi aniqlanib, ushbu mulk bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlovga olinib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

 

Shuning natijasida, qarzdor tomonidan yetkazilgan 96 mln so‘m jinoiy zararlar joriy yilning 1 dekabr kuni undirilib, sud qarori ijrosi taʼminlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика