1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

"Toshkent — Andijon" poyezdlari qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot xizmati maʼlum qildi.

"Toshkent — Andijon" poyezdlari qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

 

«Farg‘ona vodiysida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilganligi bois, poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida 5 may kuni Toshkent —Andijon — Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 60/59-sonli hamda 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha, yaʼni bir kunga to‘xtatildi», — deyilgan xabarda

 

Eslatib o‘tamiz, tunda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida «Toshkent — O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonidan o‘tgan 206-kilometrida sel oqimlari kuzatilgan. Shu sababdan yo‘lning bir tomonida yig‘ilib qolgan sel qoldiqlarini tozalash maqsadida «Qamchiq» dovoni vaqtincha yopilib, so‘ngra qayta ochilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика