“Toshkent – Qozon – Toshkent” yo‘nalishida qatnovchi yo‘lovchi poyezdi uchun chiptalarga bosqichma-bosqich chegirmalar e’lon qilindi. Kupe va SV vagonlarida safar qiluvchilar chipta jo‘nashdan 45–31 kun oldin xarid qilinsa 35 foiz, 30–21 kun oldin — 25 foiz, 20 kun qolganidan jo‘nash kunigacha esa 15 foiz chegirmaga ega bo‘ladi.
Platskart vagonlarida esa chegirmalar nisbatan pastroq belgilangan. Xususan, chiptani 45–31 kun oldin sotib olgan yo‘lovchilarga 25 foiz, 30–21 kun oldin — 15 foiz, 20 kun qolganidan jo‘nash kunigacha xarid qilinsa 10 foiz chegirma taqdim etiladi. Ushbu imtiyozlar yo‘lovchilarni oldindan reja qilishga undashga qaratilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Toshkent – Qozon” yo‘nalishidagi poyezd 21 dekabrdan boshlab haftada bir marotaba harakatlana boshlaydi. Tarkib Toshkentdan 21 dekabr kuni soat 23:55 da jo‘nab, 24 dekabr soat 13:47 da Qozon shahriga yetib boradi. 7 ta vagondan iborat poyezd bir vaqtning o‘zida 342 nafar yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega.


