1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent – Sankt-Peterburg yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Qatnovlar haftada ikki marta amalga oshiriladi.

Toshkent – Sankt-Peterburg yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

 

 

2026-yil 23-fevraldan boshlab “Uzautotrans service” korxonasi Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Transport vazirligi ma'lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, ushbu yo‘nalish bo‘yicha reyslar haftada ikki marotaba — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Toshkentdan birinchi avtobus 23-fevral kuni soat 17:00 da “Toshkent” avtovokzalidan jo‘naydi. Chipta narxi 1 200 000 so‘m etib belgilangan.

 

Yo‘l davomida avtobus Moskva shahridagi “Novoyasenevskaya” avtovokzalida oraliq to‘xtashni amalga oshiradi va undan so‘ng Sankt-Peterburg avtovokzaliga yetib boradi.

 

Sankt-Peterburgdan Toshkentga qaytish reyslari ham dushanba va juma kunlari bajariladi. Avtobuslar Sankt-Peterburg avtovokzalidan mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da jo‘naydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика