Qayd etilishicha, bugun soat 02:10 da Sergeli tumani Qumariq ko‘chasida joylashgan Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 02:16 da yetib borib, yong‘in soat 02:21 da o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


