Joriy yilning 24 avgust kuni soat 02:40 atrofida “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Dubay-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tegishli tartibda tekshirilgan.
Natijada unga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkasi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, deklaratsiyalanmagan, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish meʼyoridan ortiq bo‘lgan, qiymati 1 mlrd 540 mln 260 ming so‘mlik 1 dona sariq rangli metalldan yasalgan, oq rangli toshlar bilan bezatilgan “Patek Philippe Geneve” yozuvli qo‘l soati borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


