1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent aeroportida yana bir avtoturargoh ishga tushiriladi

Uchib ketish zali oldidagi avtoturargohda avtomobil turar joylari soni 214 tadan 333 taga oshiriladi.

Toshkent aeroportida yana bir avtoturargoh ishga tushiriladi

 

Toshkent xalqaro aeroportida avtomobil turar joylari soni ikki barobarga ortadi. Bu haqida “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, ayni kunlarda poytaxt aeroporti yaqinidagi mavjud avtoturargohlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

 

Yaqin vaqt ichida o‘rtacha 400 avtomobilga mo‘ljallangan yana bir avtoturargoh topshiriladi.

 

Hudud soyabon va savdo nuqtalarini olib tashlash, shuningdek, avtobus va taksilar uchun kirish yo‘laklarini qayta qurish hisobiga kengaytiriladi.

 

“Aeroport atrofidagi hududning yangi loyihasiga asosan avtomobil turar joylari soni 187 foizga — 336 tadan 630 tagacha ko‘paytirildi”, — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика