1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent aeroportida yosh qizlarni Tailandga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ikki ayol qo‘lga olindi

Gumonlanuvchilardan biri Telegram orqali jabrlanuvchi bilan bog‘lanib, unga Tailandda klubda raqqosa bo‘lib ishlashni taklif qilgan.

Toshkent aeroportida yosh qizlarni Tailandga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ikki ayol qo‘lga olindi

 

Toshkent xalqaro aeroportida ikki ayol yosh qizlarni Tailandga ishga joylashtirish bahonasi bilan fohishalikka olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi. Ushbu jinoyat qizlardan birining murojaati asosida tezkor tadbirlar natijasida fosh etildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

 

Aniqlanishicha, gumonlanuvchilar qizlarning ishonchiga kirib, ularni xorijda ishga joylashtirish nomi ostida kelgusida ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalanish uchun sheriklariga yuborib, daromad orttirgan.

 

Birinchi gumonlanuvchi Telegram orqali jabrlanuvchi bilan bog‘lanib, unga Tailandda klubda raqqosa bo‘lib ishlashni taklif qilgan. Qiz rozi bo‘lganidan so‘ng, unga yana bir tanishini ham ishga taklif qilishi mumkinligini aytgan va ikkalasi uchun aviachiptalar olingan. Jabrlanuvchilardan biri ichki ishlar organlariga murojaat qilgan va gumonlanuvchilar Tailandga raqqosalikka, keyinchalik fohishalikka yuborish niyatida ekanligini maʼlum qilgan.

 

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar qizlarni Toshkent-Bangkok reysi orqali yubormoqchi bo‘lgan paytda qo‘lga olingan. Dastlabki surishtiruvlar natijasida qizlarning Taillandda Burak ismli shaxsga topshirilishi rejalashtirilgani aniqlangan.

 

Hozirda Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan gumonlanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Avvalroq, Jizzaxda tanishini Taillandga fohishalik bilan yubormoqchi bo‘lgan 18 yoshli qiz ushlangani xabar qilingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика