1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent aeroportining mahalliy terminaliga avtomobilda borish mumkin bo‘ladi

Avtomobilning yo‘lakda turish vaqti 5 daqiqadan oshib ketgan taqdirda avtomatik ravishda jarima yoziladi.

Toshkent aeroportining mahalliy terminaliga avtomobilda borish mumkin bo‘ladi

 

“Uzbekistan Airports”ning xabar berishicha, “Toshkent-3” mahalliy aviaqatnovlar terminali oldidagi maydonni rekonstruksiya qilish boshlandi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, bino oldidagi panjara demontaj qilinib, to‘siq olib tashlangan hamda ta’mirlash ishlari boshlangan.

 

Qayd etilishicha, avtotransport vositalarining terminal oldiga kirishi soddalashtiriladi. Loyihaga ko'ra, uchta alohida yo‘lak ajratiladi. Xususan, aeroportning rasmiy taksilari, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar, shuningdek, hududga 5 daqiqagacha kirishga ruxsat berilgan barcha avtomobillar uchun.

 

Avtomobillarning odamlarni kutib olish va kuzatish yo‘lagi xalqaro aviaqatnovlar terminalidagi yo‘l o‘tkazgich (estakada) tamoyili asosida ishlaydi.

 

Ma'lum qilinishicha, avtomobilning yo‘lakda turish vaqti 5 daqiqadan oshib ketgan taqdirda, o‘rnatilgan va YHXB bilan integratsiyalashgan kameralar qoidabuzarlarga avtomatik ravishda jarimalar yuboradi.

 

Rekonstruksiya ishlarini joriy yilning avgust oyi oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. Shuningdek, xabarda keltirilishicha, 2024-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarda ham terminal atrofi hududlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика