1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda qariyb 7 tonna yaroqsiz go‘sht sotilayotgani aniqlandi

Shuningdek, boshqa yaroqsiz mahsulotlar savdodan chetlashtirilgan.

Toshkentda qariyb 7 tonna yaroqsiz go‘sht sotilayotgani aniqlandi

 

Veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkent shahri dehqon bozorlaridagi 30,6 ming tonna go‘sht, 103 ming tonna o‘simlik mahsulotlari, 163,8 mln dona tuxum, 6,6 ming tonna sut va sut mahsulotlarining isteʼmolga yaroqsiz ekanligi aniqlangan.

 

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Alisher Safarov maʼlum qildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 6,8 tonna go‘sht va go‘sht maxsulotlari, 43,5 tonna o‘simlik, 89 ming dona tuxum, 4,7 tonna sut va sut mahsulotlari isteʼmolga yaroqsiz bo‘lgani tufayli savdodan chetlashtirilgan va zararsizlantirib yo‘qotilgan.

 

"Davlat veterinariya xizmati ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda 58 holatda amaldagi qonun talablari va normalarining buzilish holatlarida jami 12 tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari isteʼmolga yaroqsizligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda zararsizlantirildi", – deydi brifingda Alisher Safarov.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика