1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent havosini yaxshilash bo‘yicha keskin choralar ko‘rilmoqda

Yangi tashkil etilgan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi poytaxtdagi havoni barqarorlashtirish uchun tunu-kun ishlaydigan shtab bilan favqulodda choralar rejasini ishlab chiqmoqda.

Toshkent havosini yaxshilash bo‘yicha keskin choralar ko‘rilmoqda

 

 

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan Farmon va Qaror asosida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining tashkil etilishi hamda ekologiya sohasi faoliyatining bevosita davlat rahbari nazoratiga o‘tilishi mamlakatda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha muhim bosqich sifatida baholanmoqda.

Hozirda qo‘mitada 24 soat davomida ishlaydigan tezkor shtab faoliyat yuritib, qurilish, energetika, ekologiya va ilmiy muassasalar mutaxassislari ishtirokida Toshkent havosini yaxshilash bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqilmoqda. Mutaxassislar fikricha, so‘nggi yillardagi qurg‘oqchilik, changning keskin ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, ko‘chalarda suv sepish ishlari kuchaytirildi, sanoat korxonalariga ogohlantirishlar yuborildi va ayrim korxonalar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shahar bo‘ylab yangi suv obyektlari va favvoralar qurish bo‘yicha ham takliflar ishlab chiqilmoqda.

Mutaxassislar prognoziga ko‘ra, dekabr oyi ikkinchi yarmidan boshlab yog‘ingarchiliklar boshlanishi havoning tabiiy tozalashiga yordam beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика