Poytaxt energiya infratuzilmasi joriy yilda sezilarli darajada modernizatsiya qilindi.
Jumladan, Yakkasaroy tumanidagi Toshkent issiqlik elektr markazida 5 ta qozon agregati va 1 ta gaz-turbina qurilmasida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
“Yangi 64 MW quvvat – mazutdan voz kechishning amaliy natijasi
Yakkasaroy tumanidagi Toshkent issiqlik elektr markazida 2024 yilda ishga tushirilgan 2 ta gaz-turbina qurilmasi nafaqat quvvatni oshirdi, balki yiliga 200 tonna zararli moddalar chiqarilishini qisqartirdi. Mazut to‘liq chiqarib tashlangan “ - markaz mutaxassisi.

Havoga chiqindilarni chiqarishni monitoring qilish maqsadida statsionar kuzatuv punkti eko postlar ham tashkil qilingan.Oqova suvlarni qayta ishlovchi qurilmalar ham ishga tushgani— ekologiya bo‘yicha oxirgi yillarda eng muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Press-turdagi ikkinchi manzil - Toshkent issiqlik markazida bo‘ldi.
“Toshkent issiqlik markazi korxonasining 9 ta issiqlik markazidagi 13 ta qozonda mukammal va 47 ta qozonda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ularning umumiy quvvati 4580 Gkal bo‘lib, mavsum davomida iste’molchilarga 60°–85° darajadagi issiqlik yetkaziladi.

Hozirgi kunda Toshkent shahridagi 9 ta issiqlik markazining 6 tasida mazut yoqish imkoni bor.Bu degani har doim mazut yoqiladi degani emas.Biz faqat mazutni zaxira sifatida saqlaymiz.” - deydi issiqlik markazi direktori Bekzod Bo‘ronboyev.
Uchinchi manzil -“Toshkent IES”
2024- fevral oyilining boshida “Toshkent IES” havo va tuproqni ifloslantirgani uchun qariyb 1 mlrd so‘m jarimaga tortilgan edi.

Elektr stansiyasida ekologik muvozanatni ta’minlash maqsadida joriy yilda energobloklardan chiquvchi tutun tutun-tarkibini tozalash quvvati uchun “filtr” qurilmasi ishga tushirildi.
Qurilma 1- va 2-sonli chiquvchi tutun tutun to mo‘ljallangan chang-gaz tozalash, chang-gaz quvvati soatiga 1,5 mln m3, samaradorligi 99,5 foizni tashkil etadi.

“Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, tutun to chiqaruvchi 3 ta mo‘riga zamonaviy, yuqori aniqlikka ega avtomatik monitoring stansiyalari o‘rnatildi va ular orqali tashlamalar doimiy nazorat qilib borilmoqda”.-deya xabar berildi press-tur davomida.
Zamonaviy texnologiyalar, muvozanatni xavfsizlik tadbirlari va yangi quvvatlarning ishga tushirilishi poytaxt infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.


