1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent IIBBda fuqaro vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Ichki ishlar xodimlari mansab vakolatidan chetga chiqish va qiynoqqa solishda gumonlanmoqda.

Toshkent IIBBda fuqaro vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

 

Avvalroq Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan 12 avgust kuni tezkor-qidiruv tadbiri doirasida bosqinchilik va boshqa jinoyatlar uchun gumonlanib olib kelingan fuqaro D.U. shu kuni IIBB maʼmuriy binosida vafot etgani haqida xabar berilgandi.
 

Bosh prokuratura maʼlumotlariga ko‘ra, D.U.ning o‘limi sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

 

Ma'lum qilinishicha, D.U.ning vafoti yuzasidan bir qator tergov harakatlari o‘tkazish zarurati tug‘ilganligi sababli, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 206 (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) va 235 (Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani ma'lum qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика