Toshkent kimyo-texnalogiya oliygohida “Ilg'or muhandislik” maktabi tashkil etilishidan maqsad kimyo-sanoat uchun amaliyotga yo'naltirilgan, xalqaro talablarga javob beruvchi muhandis-texnologlarni tayyorlashdan iborat. Bugun yosh kadrlar orasida Prezident Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek:
"Iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish uchun bizga yuqori malakali muhandis-texnologlar suv bilan havodek zarur".
"O'zkimyosanoat" AJ hamkorligida tashkil etilgan "Intellektual kimyo texnalogiya tizimlari" deb nomlangan maktabning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Maktab Chirchiq kimyo-industrial texnopark hududida joylashgan. Ikki yilga mo'ljallangan ta'lim jarayonida talabalar bevosita sanoat - korxonalarining tadqiqotlarida ishtirok etadi, bu haqda ochilish marosimida aytib o'tildi.
Ochilish marosimida davlat va tarmoq idoralari rahbarlari, yetakchi oliygoh delegatsiyalari va shu bilan birga "O'zkimyosanoat" AJ tizimidagi korxonalar vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida Toshkent kimyo-texnalogiya instituti professor-o'qituvchilari va iqtidorli talabalari taqdirlandi, shuningdek oliygoh va sanoat korxonalari o'rtasida yangi hamkorlik bitimlari imzolandi.
Tadbir mobaynida “Ilg'or muhandislik maktab” faoliyati kimyo sanoatida transformatsiya ontologiyasini - raqamli, ekologik va texnalogik yangilanish yo'nalishlarini yo'lga qo'yish, sanoat korxonalarining dolzarb muammolariga amaliy yechimlar ishlab chiqish, energiya tejamkor va ekologik xavfsiz texnalogiyalar yaratishga qaratilganligi haqida ta’kidlab o’tildi.
Maktab huzurida polimerlar texnalogiyasi, similar materiallar, nodir metallar, nanokimyo, texnalogik jarayonlarni modellashtirish, shuningdek resurstejamkor texnalogiyalar bo'yicha zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilgan.
Universitet mazkur yetakchi xorijiy oliygohlar bilan ham hamkorlik o'rnatgan bo'lib ular:
"Tomsk Politechnika university", Rossiya kimyo-texnalogiya universiteti, Vengriyaning "Obuda universiteti", Milan politechnika universiteti kabilar hisoblanadi.
Hamkorlik nafaqat qo'shma ta'lim dasturlari, balki amaliyot, professor-o'qituvchilardan ta'lim olish imkoniyati hamda qo'shma ilmiy loyihalarni ham o'z ichiga qamrab olgan.
Muhandislik maktabi o’z oldiga: neorganik moddalar va mineral o’g'itlar kimyoviy texnalogiyasi, texnalogik jarayonlarni avtomatlashtirish va modellashtirish, kimyo va oziq-ovqat mahsulotlarini texnalogik jarayonlari va qurilmalari, kamyob va nodir metallar, silikat materiallar texnalogiyasini muhandislari bo'yicha kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'ygan va barcha sharitlarga ega.
Sanoat buyurtmasi asosida tanlab olingan talabalar 2 yil davomida kasbiy ko'nikmalarini real loyihalar orqali mustahkamlaydi. Muhandislik maktabining muhim bo'limlaridan biri - konstruktorlik hisoblanib talabalar bunda yangi loyihalar yaratadi, sanoat korxonalarining texnalogik muammolarini modellashtiradi.
Oliygohda har yili malakali muhandis magistrantlari tayyorlanadi deya fikr bildirdi tadbir mobaynida so’zga chiqgan Toshkent kimyo-texnalogiya instituti rektori - Botir Usmonov.
Shuningdek tadbir mobaynida so’zga chiqqan "O'zkimyosanoat" injeneri - Yevgeniy Aleksandrovich ham o’z fikrini bildirib o’tdi. Injener qo’llab-quvvatlov uchun o’z minnatdorligini bildirib oliygohda tayyorlanayotgan kadrlarni samarali faoliyati uchun texnalogik sharoitlar yaratilgan bo'lib, yangi avlod mutaxassislari uchun nafaqat zamonaviy bilim balki mashg'ulotlar integratsiyalashgani, shu bilan birga "O'zkimyosanoat" bu loyihani qo'llab-quvvatlashni davom etishga tayyor ekanligini aytib o’tdi. Toshkent kimyo-texnalogiya institutida magistratura bosqichi ham mavjud bo'lib dastur mazkur sohalarni qamrab oladi:
- kimyoviy texnalogiya yo'nalishining bir nechta ixtisosliklari;
- texnalogik jarayonlar va apparatlar;
- yuqori molekulali birikmalar yo'nalishi;
- ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish kabilar.
Ilg'or muhandislik maktabining ochilishidan ko'zlangan maqsad esa - O'zbekiston kimyo-sanoatini modernizatsiya qilish, ilmiy salohiyatini oshirish va sanoat uchun yuqori malakali muhandis kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Shuningdek tadbirda M.Auzev nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti Chirchiq shahri filiali rektori - Dariya Perneshovna Kozhamzharova ham so’zga chiqib o’z fikrini bildirdi: Yangi tashkil etilgan maktab faoliyatiga omad tilab, Toshkent kimyo-texnalogiya oliygohida ilg’or muhandislik maktabini tashkil etish bu tarixiy voqea hamda bu injenerlar maskanida tahsil oluvchi yoshlar kimyo-sanoati va shu sohaga turdosh sohalar rivojiga xizmat qilishi haqida ta’kidlab o’tdi. Shu bilan birga xorijiy hamkorlar, “O’zkimyosanoat AJ” boshqaruviga minnatdorlik bildirdi.
Shu bilan birga tadbirda Rossiyaning Tomsk politexnika universiteti Kimyo va biotibbiyot texnalogiyalar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Trusova Marina Yevgenyevnaga ham so’z navbati berildi. So’zga chiqqan rektor - taklif uchun minnatdorligini bildirib, oliygohda maktabni tashkil etilishi muhim voqea ekanligi haqida ta’kidlab o’tdi. Hamkorlik uchun o’z minnatdorligini bildirdi. Yangi tashkil etilgan "Intellektual kimyo texnalogiya tizimlari" deb nomlangan maktabda tezroq va ko’proq natija bo’lishini xoxlayotgani hamda bu yo’lda rivojlanishida maktabga omad tiladi. Tadbir doirasida TKTI professor-o'qituvchilari va iqtidorli talabalari taqdirlandi, shuningdek oliygoh va sanoat korxonalari o'rtasida yangi hamkorlik bitimlari imzolandi.
Ilg'or muhandislik maktab faoliyati kimyo sanoatida transformatsiya ontologiyasi - raqamli, ekologik va texnalogik yangilanish yo'nalishlarini yo'lga qo'yish, sanoat korxonalarining dolzarb muammolariga amaliy yechimlar ishlab chiqish, energiya tejamkor va ekologik xavfsiz texnalogiyalarni o’z oldiga maqsad qilgan.
Ilg'or muhandislik maktabining ochilishidan ko'zlangan maqsad - O'zbekiston kimyo-sanoatini modernizatsiya qilish, ilmiy salohiyatini oshirish va sanoat uchun yuqori malakali muhandis kadrlarni tayyorlashdan iborat.


