1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi

O‘zbekiston poytaxti Ostona va Olmaotani ortda qoldirib, mintaqada yetakchi bo‘ldi.

Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi

 

Toshkent shahri rasman Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi. Numbeo global portalining 2025 yil yakunlari bo‘yicha tuzilgan xavfsizlik reytingiga ko‘ra, Toshkent mintaqadagi barcha yirik shaharlardan yuqori natija qayd etib, dunyo miqyosida 51-o‘rinni egalladi.

 

Reyting natijalariga ko‘ra, Toshkent Markaziy Osiyoda xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha Ostona (81-o‘rin) va Olmaota (195-o‘rin) shaharlarini ortda qoldirdi. Shuningdek, O‘zbekiston poytaxti MDH davlatlari orasida ham yetakchi bo‘lib, global reytingning ilk 100 taligiga kirgan to‘qqizta MDH shaharlari ichida birinchi o‘rinni egalladi.

 

Mazkur ro‘yxatda Rossiyaning Nijniy Novgorod (56-o‘rin), Qozon (72-o‘rin), Kaliningrad (78-o‘rin) va Moskva (99-o‘rin) shaharlari ham yuqori ko‘rsatkichlar bilan qayd etilgan.

 

Global miqyosda esa Yaqin Sharq shaharlari yetakchilikni saqlab qoldi. Reytingning kuchli uchligidan Abu-Dabi (BAA), Doha (Qatar) va Dubay (BAA) joy oldi. Shuningdek, Taypey, Sharja, Manama, Maskat, Gaaga, Myunxen va Trondxaym shaharlari ham eng xavfsiz o‘ntalikdan o‘rin egalladi.

 

Numbeo mutaxassislarining taʼkidlashicha, xavfsizlik indeksi jinoyatchilik statistikasi bilan cheklanib qolmay, huquqni muhofaza qilish organlari samaradorligi, jamoat xavfsizligi darajasi, shahar infratuzilmasi holati hamda aholi va sayyohlarning xavfsizlikni subyektiv baholash ko‘rsatkichlari asosida shakllantiriladi. Ushbu omillar shahardagi umumiy hayot sifati haqida keng qamrovli va nisbatan obyektiv tasavvur beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика