1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent metrosida 19 ta bekatdagi chipta kassalari yopiladi

Chipta kassalari o‘rniga QR-chiptalar uchun axborot kiosklari o‘rnatiladi.

Toshkent metrosida 19 ta bekatdagi chipta kassalari yopiladi

 

2026-yil 1-fevraldan boshlab Toshkent metropolitenida ayrim bekatlardagi chipta kassalarini bosqichma-bosqich yopiladi. Mazkur chora raqamli to‘lov tizimlarini keng joriy etish hamda yo‘lovchilarga avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish doirasida amalga oshirilmoqda.

 

Metropoliten maʼmuriyati maʼlumotiga ko‘ra, dastlabki bosqichda 19 ta bekatda chipta kassalari faoliyati to‘xtatiladi. Ular qatoriga Mustaqillik maydoni, Amir Temur xiyoboni, Chorsu, Oybek, Turkiston kabi yirik bekatlar, shuningdek Chilonzor, O‘zbekiston, Yunusobod va Sergeli yo‘nalishlaridagi ayrim bekatlar kiradi.

 

Chipta kassalari o‘rniga bekat vestibyullarida bir martalik QR-kodli chipta xarid qilish imkonini beruvchi axborot kiosklari o‘rnatiladi.

 

Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda yo‘lovchilar 10 dan ortiq to‘lov usullaridan foydalanishlari mumkin. Jumladan, bank kartalari, transport kartalari, mobil ilovalar, shuningdek Face ID va PalmPay kabi biometrik to‘lov xizmatlari mavjud.

 

Birinchi bosqich yakunlari va yo‘lovchilarning fikr-mulohazalari tahlil qilingach, boshqa bekatlarda ham chipta kassalarini yopish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика