1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent metrosining yangi ikkita bekati ishga tushirilmoqda

Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent metrosining yangi ikkita bekati ishga tushirilmoqda

 

Toshkent metrosining yangi ikkita bekati — “Turon” va “Qipchoq” yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

 

Toshkent metrosining Yerusti halqa yo‘lining II bosqichi doirasidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesiga qadar qurilayotgan ikkita yangi metro bekatlarida (“Turon” va “Qipchoq”) qurilish ishlari o‘z yakuniga yetkazilib, sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilgan edi. Mazkur sinov jarayonlari muvaffaqiyatli o‘z yakuniga yetkazildi va ushbu bekatlar joriy yilning 11-mart sanasidan boshlab ertalabdan odatiy reja asosida yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

 

Bundan tashqari, yo‘lovchilarga qulay xizmat ko‘rsatish uchun metro vagon parklariga so‘ngi vaqtlarda 24 ta metro vagoni olib kelingan bo‘lsa, bugun yana 12 ta metro vagoni Toshkent shahriga kirib keldi. Shuningdek, may oyi so‘ngiga qadar yana 20 ta zamonaviy metro vagonlari olib kelish ham rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика