1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkent shahar hokimligi binosi o‘rnida talabalar uchun yotoqxona quriladi

Bu bo‘yicha Jahongir Ortiqxo‘jayev qaror qabul qilgan.

Toshkent shahar hokimligi binosi o‘rnida talabalar uchun yotoqxona quriladi

 

Toshkent shahar hokimligining Mirobod tumani Pomir ko‘chasi 34-uyda joylashgan bino va inshootlarini Toshkent davlat transport universitetiga operativ boshqaruv huquqi bilan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy talabalar turar joyini barpo etish uchun bepul berildi.

 

Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 sentabrdagi 489-G‘ sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar hokimining qarori eʼlon qilindi.

 

Qarorga ko‘ra «Munisipal aktivlarni boshqarish markazi» davlat unitar korxonasi (A.Razzoqov) umumiy maydoni 4 648,0 kv.m. bo‘lgan bino va inshootlar tegishli hududi bilan birga operativ boshqaruv huquqi bilan eniversitetga belgilangan tartibda bepul topshirilishi taʼminlash vazifasi topshirilgan.

 

Shuningdek, Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasining (B.Toshxo‘jayev) tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng, ushbu bino va inshootlar o‘rnatilgan tartibda davlat kadastri ro‘yxatidan o‘tkazishi belgilangan.

 

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Hotambek Shakirov zimmasiga yuklatilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика