1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i va shahar prokuroriga “hayfsan” berildi

Ravshan Sultonxo‘jayev va Anvar O‘rmonovga olti oylik sinov muddati belgilandi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i va shahar prokuroriga “hayfsan” berildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha ta’sirchan choralarni belgilash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

 

Yig‘ilishda Toshkent shahar ichki ishlar tizimida tergov va surishtiruv faoliyatining sifati keskin tanqid qilindi. Xususan, xodimlar malakasining yetishmasligi oqibatida o‘tgan yilda 833 ta holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilmasdan, hisobdan yashirilgani qayd etildi.

 

Shahar bo‘yicha “jinoyatchilik 2 mingga kamaydi” degan hisobotlarga qaramay, poytaxtdagi 26 ta mahalla “qizil”, 465 tasi esa “sariq” toifada qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, respublikadagi 208 ta tuman orasida Chilonzor tumani oilaviy zo‘ravonlik, talonchilik va bezorilik, Yunusobod tumani esa bosqinchilik jinoyatlari bo‘yicha yetakchi o‘rinda qayd etilgan.

 

O‘tgan yilda Yashnobod va Mirobod tumanlarida qotillik, Olmazorda tan jarohati yetkazish, Shayxontohurda esa talonchilik jinoyatlari eng ko‘p sodir etilgan.

 

Shu munosabat bilan mazkur tumanlarning ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari yaqinda to‘liq yangilangani, endilikda ular hududlarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha keskin va samarali o‘zgarishlar qilishi shartligi ta’kidlandi.

 

Yig‘ilishda jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etish o‘rniga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jayev hamda Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar O‘rmonov faoliyati qoniqarsiz baholanib, ularning faqat shahar bo‘ylab mikroavtobusda aylanish bilan cheklanayotgani tanqid qilindi.

 

Qayd etilishicha, agar ular 12 ta tuman hokimi, ichki ishlar boshliqlari, prokurorlar, “mahalla yettiligi” va jamoatchilik bilan hamjihatlikda ishlaganida, kamida 7,5 mingta jinoyatning oldini olish mumkin edi.

 

Ravshan Sultonxo‘jayev va Anvar O‘rmonovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanilib, olti oylik sinov muddati belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика