1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent shahri va viloyatida giyohvandlik savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Toshkent shahri va viloyatida giyohvandlik savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

 


Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Natijada Yashnobod tumanida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan, avval sudlangan shaxs va Toshkent viloyati Qibray tumanida istiqomat qiluvchi 2006-yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olindi. Ulardan 507 dona “Pregabalin” va 52 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Zamon uz ga DXX xabar berdi.


Tezkor tadbirlar davom ettirilib, gumonlanuvchilar tomonidan ijaraga olingan xonadon ko‘zdan kechirildi. Mazkur manzilda yashirin narkolaboratoriya tashkil etilgani aniqlanib, 4 kg 326 gramm kukun ko‘rinishidagi “Pregabalin”, 200 gramm “Tropikamid”, 71 kg kimyoviy moddalar hamda qadoqlash uchun mo‘ljallangan flakon va kapsulalar musodara qilindi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushbu moddalarni sotish rejalashtirilgani aniqlanib, 208 ming dona bir martalik dozaning aholiga tarqalishining oldi olindi.


Boshqa holatda esa DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat bojxona boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Tojikiston Respublikasidan olib kelingan 30 kilogrammdan ortiq “opiy” moddasi to‘xtatib qolindi. Giyohvandlik vositasi avval sudlangan, 1968-yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinaning yoqilg‘i baki ichida yashirilgani aniqlandi. Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика