
Kelgusi besh yilda Yangi Toshkent shahrini barpo etishga qaratilgan loyihani amalga oshirish bosqichma-bosqich boshlanadi.
Butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi tatbiq etiladi. Hududlarda har yili kamida 200 million tup daraxt ko‘chatlari ekiladi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida kamida 50 gektar maydonda “yashil bog‘lar” barpo etiladi.

Bundan tashqari, shaharlar va tuman markazlarida har 50-100 ming aholi uchun jamoat parklari tashkil etiladi.
Shu bilan birga, daraxtlarni kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. Bundan buyon, parklar va yashil zonalar hududini boshqa maqsadlar uchun ishlatish qatʼiyan taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida shahar va tuman markazlarida kamida 2tadan «yashil maydon» va jamoat parklari tashkil etilishini taʼkidlagandi.
Avvalroq kasbiy taʼlim bilan tizimli shug‘ullanish masalalar, to‘liq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.


