1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent shahrida nechta qordan tozalovchi mashina mavjud?

Bu bo‘yicha shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.

Toshkent shahrida nechta qordan tozalovchi mashina mavjud?

 

Ayni kunlarda butun respublikamiz bo‘ylab kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo natijasida bir qator ishlarni tartibli amalga oshirishni talab etmoqda. Ko‘chalarda muzlamalarning hosil bo‘lishi esa bir qancha muammolar yuzaga keltiradi. Toshkent shahrida qordan tozalovchi va qum-tuz sepuvchi qurilmalar yordamida yo‘llarda mashinalarning yurishi uchun qulaylik yaratilmoqda. Xo‘sh, o‘zi bu turdagi qurilmalar shahar bo‘yicha nechtani tashkil etadi? Ushbu savol bilan Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga murojaat qildik. Bizga maʼlum bo‘lishicha hozirda Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tasarrufida jami 31 ta qor tozalovchi va 41 ta qum-tuz sepuvchi texnikalar mavjud. Tumanlar Obodonlashtirish bosh boshqarmalari tasarrufida esa jami 13 ta qor tozalovchi va 13 ta qum-tuz sepuvchi maxsus texnikalar bor.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика